AQŞ prezidenti Donald Tramp agar demokratlar Meksika bilan çegarada devor qurilişi moliyalaştirilişini bloklab qöyişsa, hukumat işini töxtatişi mumkinligini aytdi.

Trampning aytişiça, agar respublikaçilar nazorat qilinişi demokratlarga ötgan yangi vakillar palatasi bilan kelişa olmasa şunday holat bölişi mumkin.

“Biz devorni istamoqdamiz, ular devorni istayotganimizni bilişadi. Uning qismlarini emas, butun devorni... Men heç narsani kafolatlay olmayman, biroq bu yuz berişi mumkin”, deb aytgan Tramp Kongressga oraliq saylovlar yakunlariga bağişlangan matbuot anjumanda.

AQŞda 6 noyabrda ötgan oraliq saylovlardan keyin respublikaçilar vakillar palatasi ustidan nazoratni boy berişgan, biroq senatda köpçilikni saqlab qolişgan.