Eron hukumati Vaşington tomonidan Islom respublikasiga joriy qilingan sanksiyalarni «aylanib ötiş» uçun xalqaro dengizda suziş qoidalarini buzmoqda. Amerika hukumati rasmiy Tehron şunday qilayotganini gumon qilmoqda. Oq uy ma'muriyatining Eron böyiça maxsus vakili Brayan Huk brifing çoğida şu haqda ma'lum qildi. Uning çiqişi davlat departamentining Twitter sahifasida e'lon qilingan.
Uning sözlariga köra, Eronning neft taşiydigan tankerlari, ularning joyi va harakatlaniş yönalişini hisoblab çiqiş imkoni bölmasligi uçun transponderlarini öçirib qöymoqda.
Buning natijasida boşqa kemalar ularni «körmaydi». Bu esa, kemalar töqnaşuvi ehtimolini kuçaytiradi, alaloqibat ekologiyaga jiddiy zararlar yetişiga olib kelişi mumkin. Transponderni öçirib qöyiş xalqaro qoidalarga ziddir.
Eslatib ötamiz, 5 noyabrdan AQŞning Eronga nisbatan yangi jazo çoralari kuçga kirdi. U Tehronning oltin-valyuta zaxiralarini muzlatiş, Eron portlaridan foydalaniş va neftini eksport qilişni taqiqlaydi.












