“Formula-1” avtopoygasining taqvimida Vetnamdagi poyga paydo böladi. Bu poyga 2020 yildan çempionatning bir qismiga aylanadi. Poyga Xanoy yaqinidagi vaqtinçalik trassada ötadi. 5565 metr uzunlikka va 22 ta burilişga ega trassa stadion yaqinida, yangi bunyod qilingan tumanda yaratiladi. Trassada 1,5 kmlik töğri yöl böladi, bu esa poyga bolidlariga 335 km/soatgaça tezlaşişga imkon beradi. 

Bölğusi trassaning ba'zi qismlari “Formula-1”ni qabul qiluvçi boşqa trassalarni eslatib yuboradi. 

Bölğusi Gran-Pri ötadigan joyni “Formula-1”ning poygalar böyiça direktori va FIA’ning xavfsizlik böyiça delegati Çarli Uayting közdan keçirib çiqqan. Uayting işlar muddatida yakunlanişiga şubha qilmasligini aytgan. “Trassaning katta qismi köçalar körinişida mavjud, biroq bir seksiya hali qurilmagan. Bu oçiq maydon bölib, unda bokslar binolari quriladi. Keyin trassaning bu qismi ham yöl böladi”, deb aytgan Uayting.

Hozirda poyga 21 ta bosqiçdan iborat.