Özbekiston Xususiy sayyohlik taşkilotlar uyuşmasi (XSTU) öz tuzilmasida mehmon uylarini qöllab-quvvatlovçi va rivojlantiruvçi bölim faoliyatini yölga qöyişni rejalaştirmoqda. XSTU raisi Gulçehra Isroilova KUN.UZ muxbiriga şu haqida ma'lum qildi.
Yevropa Ittifoqining "Markaziy Osiyo barqaror va iqtisodiy rivojlanişi uçun biznes-uyuşmalar orqali qişloq va ekoturizmni kuçaytiriş" loyihasining boş menejyeri Naut Kasters bilan uçraşuv yakunlariga köra, şunday bayonot bildirildi.

Loyiha doirasida mehmon uylari salohiyatini rivojlantirişga yönaltirilgan tadbirlar ötkazilmoqda. Dastur bir neça yil ilgari mamlakat rahbariyati tomonidan mehmon uylarini röyxatdan ötkazişni maksimal darajada soddalaştiriş va tadbirkorlarning xususiy mehmon uylarini yaratişlarini faollaştirişga doir qaror qabul qilinganidan söng yanada dolzarb ahamiyat kasb etdi.

"Mazkur loyihaning eng muhim yönalişlaridan biri mehmon uylari rivojlanişiga turtki beruvçi Mehmon uylari jamoatçilik birlaşmasi faoliyatini yölga qöyiş taşabbusi hisoblanadi", - deydi Gulçehra Isroilova. - Biroq biz bu masalani uyuşmamiz tuzilmasida şunday bölim oçiş bilan hal qilişni taklif etamiz. Bu bölim mehmon uylarini turistik infratuzilmaning ajralmas qismi sifatida rivojlantiriş masalalari bilan şuğullanadi.

XSTU mehmon uylarini qöllab-quvvatlaşda salmoqli tajribaga ega. Uyuşma mehmon uylariga xizmat körsatiş darajasini oşirişga yönaltirilgan konsalting va ta'lim dasturlarini taklif qilişga tayyor. Şuningdek, mehmon uylari egalariga öz mahsulotlarini tarğib qilişda kömak berişni rejalaştirmoqda.














