Niderlandiyalik pensioner Emil Ratelband sudga noodatiy iltimos bilan murojaat qildi: u pasportda yoşini özgartirmoqçi. 69 yoşli qariya şu tariqa “Tinder” tanişuvlar dasturida “yoşroq böliş”ni istamoqda.

Ta'kidlanişiça, erkak tuğilgan sanasini 1949 yil 11 martdan 1969 yil 11 martga özgartirmoqçi.

Ratelband öz arizasida hozirgi yoşi sababli işga kirişda va tanişuvlar sayti orqali munosabatlar örnatişda qiynalayotganini körsatgan. 

“Men “Tinder”da yoşimni 69 qilib körsatsam, heç kim menga javob bermayapti. Agar yoşimni 49 qilib körsatsam, unda mening körsatkiçlarim bilan ança imtiyozga ega bölaman”, deb aytgan erkak. 

U jurnalistlar bilan suhbatda yaxşi jismoniy holatda ekanligini aytgan. Erkak yoşini özgartiriş uçun pensiyasidan ham voz keçişga tayyorligini bildirgan.

Ta'kidlanişiça, Arnem şahri sudi uşbu iş böyiça qarorni bir oy içida çiqarişi kerak.