Surxondaryo viloyati hokimligida ötkazilgan kengaytirilgan yiğilişda viloyat prokurori ham özgardi.

Viloyat matbuot xizmati xabar berişiça, viloyat prokurori Öktam Abdullayeviç Saidov boşqa işga ötkazilişi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Uning örniga Uluğbek Berdiqobiloviç Qosimov Surxondaryo viloyati prokurori etib tayinlangan. Uluğbek Qosimov şu kungaça Denov tumani hokimi sifatida işlab kelayotgandi.

Uluğbek Qosimov 1983 yilda tuğilgan, ma'lumoti oliy, huquqşunos. 2005 yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi iş faoliyatini 2005 yilda Denov tuman prokuraturasida boşlab, Surxondaryo viloyat prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2011 yildan Boş prokuratura boşqarma prokurori, Qumqörğon tuman prokurori, Surxondaryo viloyati Muzrabod tuman hokimi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Adliya maslahatçisi Öktam Saidov 2016 yil 14 sentabrida boş prokuror buyruğiga muvofiq 5 yil muddatga Surxondaryo viloyati prokurori etib tayinlangandi.