Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 9 noyabr kuni soğliqni saqlaş tizimini rivojlantiriş, hududlar aholisini sifatli tibbiy xizmat bilan qamrab oliş, tibbiyot muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş borasidagi islohotlar natijalarini tahlil qiliş va istiqboldagi ustuvor vazifalarni belgilaşga bağişlangan videoselektor yiğilişi ötkazildi.

Davlat rahbari barça islohotlardan asosiy maqsad odamlar hayotini yaxşilaş ekani, sifatli tibbiy xizmat bu borada muhim örin tutişini ta'kidlagan.
«Keyingi ikki yilda Prezidentning sohaga oid 50ta farmon, qaror va farmoyişlari, Vazirlar Mahkamasining 70dan ziyod qaror va farmoyişlari qabul qilindi. 6ta yangi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi taşkil etilib, ularning soni 16taga yetdi. Xalqimizga yanada qulay bölişi uçun hududlarda ularning 10ta filiali iş boşladi. Tuman va şahar şifoxonalarida 306ta yangi ixtisoslaşgan bölimlar, 1 ming 200ta tez tibbiy yordam şoxobçasi oçildi. Umuman olganda, joriy yilda tibbiyot sohasiga davlat byudjyetidan 2017 yilga nisbatan 40 foiz köp mablağ ajratildi. Yiğilişda kelasi yil sohaga qariyb 30 foiz köp mablağ yönaltiriş rejalaştirilgani qayd etildi. Prezidentning kuni keça qabul qilingan «Davlat tibbiyot muassasalari va soğliqni saqlaşni boşqariş organlari xodimlarini moddiy rağbatlantirişni kuçaytiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori sohadagi yana bir ijobiy yangilik böldi. Unga muvofiq, tibbiyot xodimlarining oylik maoşi 1 dekabrdan 20 foizga, 2019 yil 1 apreldan yana 15 foizga oşiriladi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
«Farmon va qarorlar çiqarilib, sohaga şunça imkoniyatlar yaratildi, dolzarb masalalar hal qilib berildi. Lekin soğliqni saqlaş tizimida kutilgan natijalar körinmayapti. Ayniqsa, tumanlar, çekka qişloqlardagi aholi tibbiy xizmatdagi jiddiy va tub özgarişlarni öz hayotida sezayotgani yöq», dedi Şavkat Mirziyoyev.

Joriy yilning ötgan davrida prezidentning Virtual qabulxonasiga tibbiyot sohasiga doir 45 mingdan ziyod murojaat kelib tuşgani, bu sohada hali muammolar borligini körsatişi qayd etildi.
Masalan, birlamçi tibbiy-sanitariya yordami tizimi, tuman markaziy şifoxonalarining moddiy-texnika bazasi va malakali kadrlar bilan ta'minlaniş darajasi talabga javob bermaydi. Buning oqibatida hududlardagi bemorlar katta mablağ sarflab, Toşkent şahriga kelişga yoki çet davlatlarga borişga majbur bölmoqda.
Şu bois yiğilişda tibbiyot tizimidagi muammolarni vaqtida aniqlaş va hal etiş, buning uçun hududlardagi holatni töliq qayta körib çiqiş, örganişlarda qişloq vraçlik punktlari va oilaviy poliklinikadan markaziy tibbiyot muassasalarigaça qamrab oliş kerakligi ta'kidlandi.
Tibbiy xizmat körsatişda respublika, viloyat, tuman va qişloq böğinlari örtasida boğliqlikni kuçaytiriş zarurligi körsatib ötildi. Bunda, avvalo, mahallalarda profilaktika işlari va tibbiy köriklar yaxşi taşkil etilib, kasalliklarning oldi olinadi, zarur hollarda bemorlar tuman va viloyat markazlariga yuboriladi. Tuman tibbiyot birlaşmalari esa kasallarni imkon qadar özida davolab, oğir bemorlarni viloyat va respublika muassasalariga yönaltiradi. Respublika ixtisoslaştirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari esa öz ixtisosligi böyiça yagona metodik, texnologik, davolaş va profilaktika siyosatini amalga oşirib, aholi salomatligini mustahkamlaydi.
Yiğilişda onalar va bolalar salomatligini muhofaza qiliş masalalariga ham e'tibor qaratildi. Onalar va bolalar ölimiga sabab bölayotgan omillarni çuqur tahlil qilib, ularni bartaraf etişga qaratilgan aniq çora-tadbirlar işlab çiqiş böyiça topşiriqlar berildi.
Yuqumli bölmagan kasalliklarni profilaktika qiliş işlari talab darajasida yölga qöyilmagani qayd etildi. Qator ixtisoslaştirilgan markazlarning bu boradagi faoliyati tanqid qilindi.
Ayrim hududlarda yuqumli kasalliklarning oldini oliş va davolaş işlari ham qoniqarli emas. Jumladan, joriy yilning ötgan davrida gepatit, öpka sili bilan kasallaniş soni respublika böyiça 20 foizgaça kamaygan bölsa-da, Qoraqalpoğiston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Qaşqadaryo, Namangan, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarining ayrim tumanlarida kamaymagan.
Şu bois respublika ixtisoslaştirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlaridagi moddiy-texnik baza va davolaş holatini örganib, mavjud kamçiliklarni hal etiş, OITSning oldini oliş, xorijiy davlatlarda mehnat qilib qaytgan şaxslarni majburiy test tekşiruvidan ötkazişning qonuniy mexanizmlarini işlab çiqiş va amaliyotga tatbiq etiş çora-tadbirlari muhokama qilindi.
Xususiy tibbiyot muassasalari tarmoğini yanada kengaytiriş masalalariga e'tibor qaratildi. Xususiy tibbiyotning barça tarmoqlarini ham rivojlantiriş, yirik şaharlarda nafaqat yurtdoşlarimiz, balki qöşni mamlakatlar fuqarolariga ham tibbiy xizmat körsatiş böyiça katta imkoniyatlar mavjud.
Şuning uçun mutasaddilarga xususiy tibbiyot muassasalari tarmoğini kengaytiriş, Toşkent, Samarqand, Andijon kabi yirik şaharlarda «tibbiyot xab»larini barpo etiş böyiça vazifalar topşirildi.
Kasalliklarning oldini olişning eng kamxarj va samarali yöli aholining soğlom turmuş tarzi va soğlom ovqatlaniş madaniyatiga amal qilişidir.
Afsuski, kamharakatlilik va notöğri ovqatlaniş oqibatida Özbekiston aholisining yarmi ortiqça vaznga ega, odamlarimizning 46 foizi qon tarkibida me'yordan ortiq xolesterin mavjud, 31 foizida qon bosimi yuqori.
Şu bois aholi örtasida soğlom turmuş tarzini va soğlom ovqatlaniş madaniyatini tarğib qiliş orqali kasalliklar profilaktikasini kuçaytiriş yuzasidan körsatmalar berildi.
Videoselektorda tibbiyot sohasini örta va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantiriş yönalişlari muhokama qilindi. Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekistonda 2025 yilgaça soğliqni saqlaş tizimini rivojlantiriş böyiça konsepsiya loyihasini puxta işlab çiqiş yuzasidan körsatmalar berdi.
Masalan, sohani moliyalaştirişning amaldagi smeta usuli eskirgani, tibbiyot muassasalari qança bemor davolanganiga qarab emas, koyka-örinlar soniga qarab moliyalaştirib kelinayotgani qayd etildi. Bugungi zamon talablari va xorij tajribasidan kelib çiqib, sinov tariqasida mamlakatimizning 14ta hududida bittadan tibbiyot birlaşmasini aholi jon boşiga va statsionar şaroitda davolanganlar soniga qarab moliyalaştiriş böyiça topşiriq berildi.
Bugungi kunda barça rivojlangan davlatlarda majburiy tibbiy suğurta tizimi joriy etilgan. Bu orqali byudjyet xarajatlarini kamaytiriş, tibbiy xizmat sifatini oşirişga erişilgan.
Yiğilişda 2021 yildan boşlab yurtimizda ham majburiy tibbiy suğurta tizimini bosqiçma-bosqiç joriy etiş, Janubiy Koreya, Singapur, Germaniya kabi davlatlardan xalqaro konsultantlarni jalb qilgan holda, tegişli qonun va qonunosti hujjatlarini işlab çiqiş zarurligi ta'kidlandi.
Tibbiyot sohasida davlat-xususiy şeriklik tizimini rivojlantiriş, ayrim davolaş muassasalarini şunday şeriklik asosida yuqori texnologik uskunalar bilan jihozlaş, ularga töliq moliyaviy mustaqillik beriş böyiça çora-tadbirlar belgilandi.
Tibbiy ta'lim tizimini isloh qiliş masalasiga alohida e'tibor qaratildi. Nufuzli xorijiy ta'lim muassasalari filiallarini oçiş, oliy öquv yurtlari, ilmiy-tadqiqot institutlari va ixtisoslaşgan tibbiyot markazlari örtasida integratsiyani kuçaytiriş masalalari böyiça ham topşiriqlar berildi.
Muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddi rahbarlarning axborotlari tinglandi.











