Fly Jamaica aviakompaniyasining Kanadaning Toronto shahriga yo‘l olayotgan Boeing 757 yo‘lovchi samolyoti havoga ko‘tarilgandan bir necha soniya keyin qulab tushdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi. 

Foto: Daily Mail

Voqea 9 noyabrda Gayananing Jorjtaun aeroportida yuz berdi. Samolyot parvozga ko‘tarilishga muvaffaqiyatsiz urinishdan keyin uchish-qo‘nish yo‘lagi tashqarisiga chiqib ketib, to‘siqqa urilgan va qumga botib qolgan. Gidravlikadagi muammo sababli yuz bergan voqea oqibatida samolyotning dvigatellaridan biri uzilib tushgan va o‘ng qanoti ikkiga bo‘linib ketgan.  

Foto: Daily Mail

Samolyot bortida 128 yo‘lovchi bo‘lgan. Ulardan 6 kishi jarohat olgan va yaqin oradagi shifoxonaga yetkazilgan.

Foto: Daily Mail
Foto: Daily Mail