Janubiy Koreyaning Hyundai kompaniyasi özining yangi flagmaniga berilgan nomni rasman e'lon qildi. Demak, tanişing, 28 noyabrda Los-Anjyeles avtokörgazmasida Hyundai Palisade taqdimoti bölib ötadi. U Kia Telluride yöltanlamasining safdoşi hisoblanadi. Yangi avtomobil rasman Santa Fe XL örnini egallaşi kutilmoqda. Biroq unga nisbatan daraja jihatidan balandroqda joylaşadi. 

Hyundai Palisade Los-Anjyelesning sohilböyi hududi hisoblanuvçi Pacific Palisades şarafiga şunday nomlanmoqda. Işlab çiqaruvçiga köra, krossover ekstereri xavfsizlik timsoli böladi. Bu yoş farzandlarni voyaga yetkazayotgan oilalar uçun juda muhim sifatdir. Bundan taşqari, krossover dizayni ham boşqa Hyundai krossoverlaridan farqlanadi.

Foto: Depositphotos

Dastlabki ma'lumotlarga binoan, Hyundai Palisade sakkiz örinli Kia Telluride platformasida barpo etiladi. Unga V6 dvigateli, oldi yetakçi bölgan yoki barça ğildiraklar yetakçi böluvçi uzatmalar qutisi örnatiladi.