«Zenit» hujumçisi Aleksandr Kokorin va «Krasnodar» yarimhimoyaçisi Pavel Mamayevga nisbatan oçilgan jinoyat işining tergovi yana ikki oyga uzaytirildi.

Endi tergovçilar 2019 yil 8 fevraliga qadar suriştiruv işini olib borişlari mumkin. Bu haqda Kokorinning advokati Tatyana Stukalova Instagram sahifasida xabar bergan.

«Tergov muddati yana 2 oyga uzaytirildi. Endi 18 tergovçidan iborat guruh işni 4 oy davomida örganib çiqadi, bu aqlga siğmaydi», ‒ deb yozdi Stukalova.

Eslatib ötamiz, 8 oktabr kuni Aleksandr Kokorin va Pavel Mamayev Moskvadagi qahvaxonalardan birida Minpromtorg mulozimi Denis Pak va «NAMI» taşkiloti rahbari Sergey Gaysinni döpposlaşgan edi. Bu mojarodan biroz oldin esa «Perviy kanal» boşlovçisi Olga Uşakovaning haydovçisiga hujum qilişgan. Jabrlanganlar turli tan jarohati olib, şifoxonaga yotqizilgan. 

Şundan söng, ularga Jinoyat kodeksining 116-moddasi «Tan jarohati yetkaziş» va 213-moddasi «Bezorilik» böyiça rasman ayblov e'lon qilinib, sud tomonidan 8 dekabrga qadar hibsga olingan edi. Aybdorlarga 7 yillik qamoq jazosi tahdid solmoqda.