Kubalik Osvaldo Lopes Romero öğli bilan baliq ovlaş uçun çuvalçang izlaşga jönab, natijada ikki tanali noodatiy toşbaqaga duç keldi.  

Foto: Ronald Suarez Rivas

Erkakning aytişiça, u çuvalçang kavlab olayotganda toşbaqa tuxumlari qöyilgan joyga duç kelgan. U bu yerda siam egizaklari, ya'ni bir-biridan ajralmay qolgan ikki egiz toşbaqaga duç kelgan. Ota-bola antiqa toşbaqalarni özlari bilan olib ketişgan. Erkak hali tuxumni yorib çiqmagan egizaklar yaşab ketişiga umid qilmagan. Biroq toşbaqalar ertasi kuni ularga “tortiq qilingan” baliq, tovuq bölaklari va çuvalçanglarni paqqos tuşira boşlaşgan.   

Foto: Ronald Suarez Rivas

Osvaldo keksa baliqçilarga topib olgan toşbaqalari haqida sözlab berganda, ular heç qaçon bunday toşbaqaga duç kelişmaganini aytişgan. Bunga taajjublanmasa ham böladi, çunki bunday jonzotlar tabiiy muhitda yaşab ketişlariga imkon juda kam.

“Siam toşbaqalari” haqidagi yangilik tezda tarqab ketgan. Köpçilik 2 ta boş, 4 ta old va 2 ta orqa panja, 2 ta dumga ega va kosalari bilan bir-biriga çatişib ketgan bu antiqa jonzotlarni köriş va suratga olişni istay boşlagan. Tez orada toşbaqalar uçun pul taklif qiladiganlar ham topilgan. Biroq Osvaldoning oilasi toşbaqaçalarni yoqtirib qolgani sababli ulardan ayrilişga oşiqmayapti.

Foto: Ronald Suarez Rivas

“Ular şunçalik kiçik va ojizki, biz ularga özimiz qaraymiz. Balki ular ösib, özini tutib olganda, ularni bunday jonzotlarni parvarişlaş bilan şuğullanuvçi  muassasaga topşirarmiz. Ular biz uçun bebahodir”, deb aytgan Osvaldo.