Xalq deputatlari Denov tumani Kengaşining bugun ötkazilgan navbatdan taşqari sessiyasida tumanning yangi hokimi tasdiqlandi.

Endilikda Baxtiyor Kenjayeviç Ibatov Denov tumaniga rahbarlik qiladi.

Baxtiyor Ibatov / Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi

Baxtiyor Ibatov yangi lavozimga Denov tumanini 2017 yilning oktabr oyidan buyon boşqarib kelayotgan Qosimov Uluğbek Berdiqobiloviçning örnini egalladi. Uluğbek Qosimov 8 noyabr kuni Surxondaryo viloyati prokurori lavozimida iş boşlagandi.

Uluğbek Qosimov / Foto: KUN.UZ

Baxtiyor Ibatov 2016 yil dekabridan buyon Angor tumanini boşqarib kelayotgan edi. U bundan avval Qiziriq tumani hokimi, şuningdek, prokuratura tizimida turli lavozimlarda faoliyat körsatgan.

Bundan avvalroq Angor tumaniga şu vaqtgaça viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi boşliği lavozimida işlagan Usmon Yangibayeviç Turapov hokim vazifasini bajaruvçi bölgandi.

Xalq deputatlari Denov tumani Kengaşining navbatdan taşqari 48-sessiyasida Surxondaryo viloyati hokimining birinçi öribosari T.Bobolov iştirok etgan va sözga çiqqan.