Prezidentning 7.11.2018 yildagi PQ–4008-son qarori bilan respublika hududida xorijiy malakali mutaxassislarning mehnat faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Norma’ning yozishicha, birinchidan, 2018 yil 1 dekabrdan boshlab:
a) ish beruvchilar uchun yuqori malakali va malakali chet ellik mutaxassislarga nisbatan xorijiy ishchi kuchini jalb qilishga ruxsatnomalarni olish (uzaytirish) zaruriyati haqidagi talab bekor qilinadi. Bunday xodimlar mamlakatimizda ishlashlari uchun mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomaga ega bo‘lishlarining o‘zi kifoya. O‘rindoshlik asosida esa tasdiqnoma olmasdan ham ishlashlariga ruxsat etilgan.
Hozir chet ellik fuqaro faqat yuqorida tilga olingan hujjatlar: ish beruvchi tomonidan olinadigan xorijiy ishchi kuchini jalb qilishga ruxsatnoma va mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnoma (xodim tomonidan olinadi) mavjud bo‘lganda O‘zbekistonda ishlashi mumkin.
b) yuqori malakali va malakali chet ellik mutaxassislar tasdiqnomalarni rasmiylashtirish va berish (uzaytirish) uchun amaldagi 10 EKIH o‘rniga pasaytirilgan tariflarda – tegishincha, 1 EKIH va 2 EKIH to‘laydilar.
2019 yil 1 yanvardan boshlab esa yuqori malakali mutaxassislardan JShDS belgilangan stavkaning 50%i miqdorida undiriladi.
v) yuqorida ko‘rsatilgan chet ellik mutaxassislarga berilgan tasdiqnomalarning amal qilish muddati ularning istagiga ko‘ra berilgan kundan boshlab 3 yilgacha bo‘lgan muddatni tashkil qiladi. Keyinchalik uni cheksiz miqdorda, biroq har bir holatda 3 yildan ortiq bo‘lmagan muddatgacha uzaytirish imkoniyati beriladi.
Umumiy qoidaga ko‘ra ish beruvchiga 1 yil muddatga bir marta uzaytirish huquqi bilan beriladigan xorijiy ishchi kuchini jalb qilishga ruxsatnoma asosida chet ellik xodimlarga tasdiqnoma beriladi.
Qabul qilingan hujjat doirasida quyidagi toifadagi mutaxassislar yuqori malakali va malakali mutaxassislar deb tan olinadi:
Yuqori malakali mutaxassislar | Malakali mutaxassislar |














