Kataloniyaning «Barselona» klubi La Liganing 12-turida «Betis»ni qabul qildi. Barselonadagi «Kamp Nou» stadionida keçgan uçraşuv mehmonlarning 4:3 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.

«Betis» himoyaçisi Ektor Firpo va xavbek Xoakin Sançes birinçi bölimda bittadan gol urdi va mehmonlar birinçi bölimni 2:0 hisobidagi ustunlikda yakunlaşdi.

Ikkinçi bölim boşida Messi penaltidan hisobni qisqartirdi, köp ötmay Jovani Lo Çelso mehmonlarning uçinçi golini urdi, 79-daqiqada «Barselona» yarimhimoyaçisi Arturo Vidal hisobni yana qisqartirdi, ammo 81-daqiqada Rakitiç qizil kartoçka olib maydonni tark etdi va mezbonlar bir kişi kam bölib qolişdi. 83-daqiqada Serxio Kanales törtinçi golni urdi. Öyinga qöşib berilgan daqiqalarda Lionel Messining ikkinçi goli jamoani mağlubiyatdan qutqarib qololmadi.

Katalonlar klubi uçun bu Ispaniya çempionatidagi mağlubiyatsiz seriyaning töxtatilişi böldi. Bungaça amaldagi çempionlar 3 uçraşuvda ğalaba qozonib, 2 bor durang öynaşgandi. «Betis» esa «Barselona»ni mağlub etiş orqali 4 uçraşuv davom etgan ğalabasiz seriyasiga yakun yasadi.

Endilikda «Barselona» 24 oçko bilan turnir jadvalida peşqadamlik qilmoqda, «Betis» 16 oçkosi bilan 12-örinda joylaşgan.

Ispaniya çempionati
12-tur
Barselona – Betis 3:4 (0:2, 3:2)
Gollar: 0:1 – 20 Firpo, 0:2 – 34 Sançes, 1:2 – 68, penalti Messi, 1:3 – 71 Lo Çelso, 2:3 – 79 Vidal, 2:4 – 83 Kanales, 3:4 – 90 Messi.
Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Serdji Roberto, Langle, Rakitiç, Buskets (Alenya, 69), Artur (Vidal, 46), Malkom (Munir, 57), Messi, Suares.
Betis – Lopes, Bartra, Sidney, Firpo, Mandi, Sançes (Kanales, 62), Lo Çelso (Inui, 87), Vilyam Karvalyu, Guardado, Telo, Moron (Leon, 76).
Ogohlantirişlar: Guardado (24), Rakitiç (44), Buskets (59), Mandi (69), Vidal (73).
Çetlatiş: Rakitiç (81).