Shaxsiy avtomobillarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibiga o‘zgartirish kiritish taklif qilindi

Foto: Pinterest
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida shaxsiy yengil avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida petitsiya paydo bo‘ldi.
Ma'lumki, shaxsiy avtomashinalar, uning egasi doimiy ro‘yxatdan o‘tgan joydagi ichki ishlar organlarining tegishli bo‘limlari (DYHXX) tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi. Ammo bu holat ayrim noqulayliklarni keltirib chiqarmoqda, deyiladi murojaatda.
Jumladan, ba'zi fuqarolar kasb taqozosi yoki ish faoliyati sabab, mamlakatning turli hududlarida oylab, ba'zan yillab vaqtinchalik bo‘lishiga to‘g‘ri keladi. Bu vaqtda ushbu fuqarolar shaxsiy avtoulovlarini navbatdagi texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun doimiy yashash joyiga borib kelishi zarur. Bu o‘z navbatida, birinchidan, ortiqcha sarson bo‘lish, ikkinchidan, doimiy yashash joyiga borib kelishi uchun xizmat yoki ish faoliyatidan vaqtincha ajralishiga olib keladi. Andijon yoki Toshkentdan Nukus yoki Xorazmga borib avtoulovni texnik ko‘rikdan o‘tkazib kelish uchun kamida 3 kun vaqt ketadi.
“Yuqoridagilardan kelib chiqib, O‘zbekiston fuqarolarining avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish, fuqaroning doimiy ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat'i nazar, yurtimizning barcha hududlarida amalga oshirishga ruxsat berilishini taklif qilaman”, - deb yozadi petitsiya muallifi.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kamayadigan bojsiz limit, sotiladigan zavodlar va Lavrovning nolishi - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 23:15
-
2024 yilning eng ochiq va eng yopiq davlat tashkilotlari ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 21:57
-
Dafn marosimi va urush
Jahon | 21:30
-
Klasiko intrigalari. «Barsa»da ham bo‘sh nuqtalar bor, «Real» esa hakamlarga jiddiy bosim uyushtirdi
Sport | 19:27
Mavzuga oid

14:03 / 13.01.2025
Import avtomobillarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish vaqti 20 daqiqadan 15 daqiqagacha qisqartiriladi - UzTest

10:00 / 17.07.2024
Tadbirkorlarga ayrim toifadagi mashinalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish xizmatini ko‘rsatishga ruxsat berilyapti

18:16 / 09.11.2021
Xitoydagi ko‘rgazmada usti brilliant bilan qoplangan Porsche avtomobili namoyish etildi

17:33 / 10.03.2021