17:00 / 12.11.2018
13036

«O‘zbekiston havo yo‘llari» bort kuzatuvchiligiga o‘qish uchun tanlov e'lon qildi

Foto: KUN.UZ

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi bort kuzatuvchisi kasbi bo‘yicha o‘qish uchun tanlov e'lon qildi. Anketa-arizalar 23 noyabrga qadar shanba va yakshanba kunlaridan tashqari har kuni soat 9:00dan 12:00gacha qabul qilinadi.

Tanlovda 18dan 25 yoshgacha bo‘lgan, o‘zbek, rus va ingliz tillarida so‘zlasha oladigan, bo‘yi 162—175 santimetr (qizlar) va 165—185 santimetr (yigitlar), bo‘yiga mos vaznga ega hamda yuzi va tanasida ko‘zga tashlanadigan nuqsonlari bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishi mumkin. 

Nomzodlar to‘liq o‘rta, o‘rta-maxsus, kasb-hunar (akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji) ma'lumotiga ega bo‘lishi, xorijda ta'lim olganlarning diplomlari esa O‘zbekiston Davlat test markazida nostrifikatsiya qilingan bo‘lishi lozim.
Bort kuzatuvchisi kasbi bo‘yicha ta'lim Milliy aviakompaniyaning Toshkent shahridagi O‘quv-mashg‘ulot markazida olib boriladi.

Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun 71 215-54-49 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish so‘ralgan.

Top