O‘zbekiston | 11:58 / 12.11.2018
20413
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri Rog‘un GES birinchi agregatining ishga tushirilishini kuzatib boradi

Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati

O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev 16 noyabr kuni Tojikistonga keladi va Rog‘un GES birinchi agregatining ishga tushirilishini shaxsan kuzatadi.

O‘zbekiston hukumati a'zosi Tojikiston hukumatining taklifiga binoan Rog‘un GES qurilish maydonchasiga boradi, deb xabar qilmoqda «AP» manbaga asosan.

Tojikiston Rog‘un GES birinchi agregatini ishga tushirish marosimida ishtirok etish uchun Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Afg‘oniston va Pokiston hukumatlariga taklif jo‘natdi.

16 noyabrda ishga tushiriladigan 6-sonli agregat rotori shu yilning iyul oyi boshida tegishli joyiga o‘rnatildi. Kutilishicha, agregat ishga tushirilgandan keyingi dastlabki bosqichda quvvati 100 MVt.ni tashkil qiladi. Uning loyiha quvvati esa - 600 MVt.

Keyin 5-sonli agregatni foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Ushbu tadbir kelgusi yilning aprel oyiga mo‘ljallangan.

Stantsiyaning umumiy quvvati 3600 MVt.ni tashkil etadi, bu esa uni Markaziy Osiyodagi eng yirik GESga aylantiradi.

Mavzuga oid

E`lonlar