O‘zbekiston | 18:00 / 12.11.2018
14998
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zini o‘zi ish bilan ta'minlovchilar qanday pensiya oladi?

Foto: RIA Novosti

Hech qanday rasmiylashtirishsiz kirakashlik qiluvchi, xususiy tartibda yollangan holda kunbay haq to‘lanadigan ishlarni va ta'mirlash-qurilish ishlarini bajaruvchi shaxslarni legallashtirish imkoniyati muhokama qilinmoqda, deb yozmoqda Norma.
 
Byudjyetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga har yili 4,5 EKIH miqdorida badal to‘lanadigan patentni joriy etish ham variant sifatida ko‘rib chiqilmoqda. Bu xodimga to‘laqonli mehnat faoliyatini yuritgandek mehnat stajini hisoblab chiqarish huquqini bergan bo‘lar edi.    
 
Bunday yondashuv norasmiy bandlik bilan bog‘liq dolzarb muammolarni hal qilish imkonini beradi. Bugungi kunda hech qanday rasmiylashtirishsiz ishlayotgan kishilar pensiya yoshiga yetganda stajga ega bo‘lmay, oqibatda juda kam miqdorda pensiya yoki nafaqa olish muammosiga to‘qnash kelmoqdalar.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid