Bugun, 13 noyabr kuni Pro-liga «A» guruhida 35-tur uçraşuvlari bölib ötdi. Qayd etilgan natijalarga köra, çempionat yakunlanişiga bir tur oldin guruhda dastlabki uç örindan joy oladigan jamoalar nomi ma'lum böldi.

Jumladan, bugun «Istiqlol»dan ustun kelgan «Andijon» sönggi turda qanday natija qayd etişidan qat'i nazar, 1-örinni egallaşi oydinlaşdi. Ayni paytda 2-poğonada borayotgan «Maş'al» «Andijon»dan 3 oçko ortda bölsa ham, özaro öyinlar natijasiga köra, muborakliklar sönggi turdan keyin «Andijon»dan oldinga ötib keta olmaydi.

«Pro-liga «A» guruhida 1-örinni egallaydigan jamoa kelasi yili Superligada qatnaşiş imkoniyatiga ega böladi. Şu sababdan PFL boş direktori Omon Ğofurov boşçiligidagi işçi guruh bugun Andijonda böldi va klubning ayni paytdagi holati va kelasi mavsum uçun rejalari bilan tanişdi. Qolaversa, markaziy öyinni bevosita «Soğlom avlod» öyingohidan kuzatdi», - deb xabar berdi taşkilot rasmiy sayti.

«Andijon» Pro-ligada ğoliblikni qölga kiritgan bölsa-da, yaqinda işlab çiqilgan «ÖFA va PFL doirasidagi musobaqalarda iştirok etuvçi futbol klublarini litsenziyalaş va professional futbol klubi maqomini belgilaş böyiça reglament» talablarini bajariş uçun jiddiy bel boğlaşi şart.

Bugungi tur öyinlaridan söng Pro-liga «A» guruhida 2 va 3-örin egalari nomi ham aniq böldi. «Maş'al» jamoasi 2-örinni naqd qilib ulgurgan bölsa, «Istiqlol» 3-poğonaga joylaşişi oydinlaşdi. Zero, «Istiqlol»dan bir oçko kam jamğargan «Surxon» uçun 2018 yilgi mavsum yakunlandi. Termizliklar sönggi turda dam olişadi.

Pro-liga
35-tur / 13 noyabr, seşanba
Andijon – Istiqlol 2:1
Gollar: Javohir Rasulov (0-1), Nodir Mavlonov (1-1), Şahboz Jumaboyev (2-1)

Norin – Maş'al 1:3
Gollar: Xumoyun Murtazoyev (0-1), Baxtiyor Qosimov (1-1), Jamoliddin Ubaydullayev (1-2), Xumoyun Murtazoyev (1-3).

Orol – Xorazm 1:3
Gollar