Avstriya prezidenti Aleksander Van der Bellenning ma'lum qilişiça, «Rossiya foydasiga» josuslik qiliş böyiça iş yuzasidan yangi ma'lumotlar bir neça haftadan söng paydo böladi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar qilmoqda.

Uning sözlariga köra, hozirgi vaqtda Avstriya hukumati qanday turdagi ma'lumot uzatilganini bilişga harakat qilmoqda.

Şuningdek, uning qöşimça qilişiça, mamlakat hukumati «hammasi qançalik jiddiy darajada» ekanini aniqlaş bilan band.

Van der Bellenning ta'kidlaşiça, Avstriya hukumati bu iş yuzasidan barça narsani oçiq-oydin bayon etganidan hayratga tuşgan.

Avvalroq, Interfax Avstriya hokimiyati davlat sirini Rossiya tomoniga oşkor qilişda gumonlanayotgan yana bir şaxs ustidan tergov-suriştiruv işlarini olib borayotgani haqida xabar bergandi.

Kronen Zeitung gazetasi xabar qilişiça, u — Konstitutsiyani himoya qiliş va terrorizmga qarşi kuraşiş Federal idorasi (kontrrazvedka) xodimidir. Naşr ma'lumotlariga köra, bu idora ofisida ilgariroq keng miqyosli tintuv ötkazilgan. Bundan taşqari, gumonlanuvçi yaşaydigan manzilda ham tergovoldi tadbirlari bölib ötgan.