Moliya vazirining buyruği bilan 5-son Buxgalteriya hisobining milliy standarti “Asosiy vositalar”ga özgartirişlar kiritildi, deb yozmoqda Norma.
Eslatib ötamiz, asosiy vositalar (AV) – bu korxona tomonidan uzoq muddat davomida xöjalik faoliyatini yuritişda mahsulot işlab çiqariş, işlarni bajariş yoki xizmatlar körsatiş jarayonida yoxud ma'muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oşiriş maqsadida foydalaniladigan moddiy aktivlar. Qoidaga köra, AVning qiymati EKIH miqdorining 50 baravari va undan ortiq, xizmat muddati esa - 1 yildan ortiq bölişi kerak.
Ilgari xorijiy valyutada xarid qilingan AVning boşlanğiç qiymati bojxona yuk deklaratsiyasini töldiriş sanasidagi (5-son BHMSning 11-bandi böyiça xarajatlar ham şu yerga kiritiladi) Markaziy bank kursi böyiça qayta hisoblaş yöli bilan sömda belgilanar edi. Endi bu sana özgardi. 2018 yil 9 noyabrdan boşlab qayta hisoblaş uçun AVni buxgalteriya hisobiga qabul qiliş sanasidagi MB kursini oliş talab etiladi, ya'ni korxonada AVga mulk, xöjalik yuritiş yoki tezkor boşqaruv huquqi vujudga kelgan paytdan boşlab. Valyuta qiymati esa boşlanğiç hisob hujjatlari: tovarning kuzatuv hujjatlari yoki bojxona yuk deklaratsiyasidan olinadi.
Bundan taşqari, aniqlaştirilişiça, AV qiymatini sömga qayta hisoblaş faqat AV uçun hisob-kitob çet el valyutasida amalga oşirilgan taqdirda qöllaniladi (odatda import qilganda şunday yöl tutiş mumkin). Gap şundaki, 2017 yil 5 sentabrdan boşlab Özbekistonda tovar, iş va xizmatlar uçun narx va tariflar, şuningdek, jamiyatlarning ustav kapitaliga qöyiladigan minimal talablar faqat milliy valyutada belgilanişi kerak.
Hujjat 9.11.2018 yildan kuçga kirdi.
Buxgalteriya hisobining milliy standartiga özgartirişlar kiritildi
16:55 / 13.11.201815 3342 min











