Çeçeniston sport vazirligi yotgan holda ikkita qölda gavdani tuşirib-kötariş böyiça yangi milliy rekordni qayd qildi. Ma'lum qilinişiça, bu rekordni 5 yoşli Rahim Kuriyev örnatgan.

Bola 2 soat 26 daqiqa davomida 4105 marta gavdasini tuşirib-kötara olgan. Bolakay uşbu maşqni 5 ming marta bajarmoqçi bölgan, biroq hozirça bunga kuçi yetmagan.
Bola ota-onasining aytişiça, farzandlari sport bilan bir neça yildan beri şuğullanadi. U trenajyor zaliga bormaydi, asosan otasi nazorati ostida uyda maşq qiladi.

Uşbu maşq böyiça öğil bolalar örtasida avvalgi rekord kalmikiyalik 5 yoşli Batu Boktayevga tegişli bölgan: 2015 yil dekabrda u 4050 marta gavdani tuşirib-kötara olgan. Bungaça esa eng kuçli bola kiyevlik 7 yoşli Andrey Kostaş hisoblanib, u bu maşqni 4 ming marta bajara olgan.
Rekordçi bola ma'lum vaqtdan keyin yana bir urinişni amalga oşirib, öz rekordini yangilamoqçi. Sport vaziri Muso Xonarikovning ta'kidlaşiça, bolakay öz ğalabasini Çeçeniston rahbari Ramzon Qodirovga bağişlaşini aytgan.











