Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Koson-agro” erkin iqtisodiy zonasini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori loyihasi joylaştirildi.

Hujjat bilan Qaşqadaryo viloyati hokimligi, Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi va “Özbekoziqovqatxolding” XKning Qaşqadaryo viloyatida “Koson-agro” erkin iqtisodiy zonasini taşkil etiş töğrisidagi taklifi qabul qilinişi mumkin.

Qaşqadaryo viloyati erkin iqtisodiy zonalar va kiçik sanoat zonalarining ma'muriy kengaşi:

Özbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi Qişloq xöjaligi vazirligi, Quriliş vazirligi bilan birgalikda “Koson-agro” EIZ tarkibiga kiritiladigan Koson tuman “Turon” hududidan 5 ming gektar yaylov yer maydonlarining çegaralarini aniq belgilaniş böyiça takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritilişini ta'minlaydi;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda “Koson-agro” EIZni rivojlantiriş, şu jumladan, ilğor texnologiyalarni qöllagan holda qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqariş va qayta işlaş korxonalarini barpo etiş uçun uskuna va jihozlar işlab çiqarişga ixtisoslaştirilgan mahalliy korxonalar taşkil etiş dasturini işlab çiqadi hamda erkin iqtisodiy zonalar va kiçik sanoat zonalari ma'muriy kengaşlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça Respublika kengaşi muhokamasiga kiritadi.

“Koson-agro” EIZning asosiy vazifalari va faoliyati yönalişlari etib quyidagilar belgilanadi:

qişloq xöjaligida yer va boşqa tabiiy resurslardan foydalaniş samaradorligini oşiriş, qişloq xöjaligini diversifikatsiya qiliş hamda tarkibiy özgartiriş, bunda tumandagi unumdorligi past, kam hosilli yer maydonlaridan samarali foydalanişni taşkil etiş;

qişloq xöjalik mahsulotlari işlab çiqariş va qayta işlaş texnologiyalarini qöllagan holda, klaster usuli asosida taşkil etişga töğridan-töğri xorijiy va mahalliy investitsiyalar jalb qiliş, şuningdek, zamonaviy energiya tejovçi issiqxonalar quriş uçun konstruksiyalar, jihozlar va boşqa butlovçi buyumlar işlab çiqarişni taşkil etiş;

hududning işlab çiqariş va resurs salohiyatidan samarali foydalaniş asosida qişloq xöjaligi mahsulotlarini işlab çiqarişni kengaytiriş, qayta işlaşni çuqurlaştiriş va ularning eksport hajmini oşiriş;