Adliya vazirligi tegişli tuzatişlar loyihasini işlab çiqdi, u Qonun hujjatlari ta'sirini baholaş tizimi portalida muhokama qilinmoqda.

Norma’ning yozişiça, ayni paytda qonun hujjatlarida ayrim taşkiliy-huquqiy şakldagi yuridik şaxslarning eng kam ustav fondi töğrisidagi talablar belgilangan.

Bu holat hozirgi tamoyillarga javob bermay qoldi. Xususan, jamiyatlarning ustav kapitaliga qöyiladigan minimal talablar faqat milliy valyutada belgilanişi şart. Şu sababli AJdagi ustav fondining eng kam miqdori 1 600 mln söm darajasida etib belgilandi. Keyin esa davlat rahbari idoralarning uni 400 mln sömgaça pasaytiriş töğrisidagi takliflarini ma'qulladi. Har bir ana şunday özgartiriş böyiça qonunga tuzatişlar kiritiş zarur.    
 
Davlat tomonidan tadbirkorlik faoliyatini erkinlaştiriş yönalişi tanlangani inobatga olingan holda, jadvalda körsatilgan qonun hujjatlaridan ustav fondining eng kam miqdori töğrisidagi talablarni çiqarib taşlaş taklif etilmoqda.
 
Bu muassislarga ustav fondi miqdorini ustavda qayd etib, uning qanday bölişini mustaqil ravişda belgilaş imkonini beradi. Biroq ustav fondining eng kam miqdori litsenziya talabi sifatida qayd etilişi mumkin. Eslatib ötamiz, bugungi kunda quyidagilarni litsenziyalaşda ana şunday şartlar amal qiladi:

• bank faoliyati (kamida 100 mlrd söm);
• mikrokredit taşkilotlari (kamida 2 mlrd söm);
• lombardlar (kamida 500 mln söm);
• suğurta faoliyati (suğurta faoliyati turlariga qarab tabaqalaştirilgan);
• etil spirti va alkogolli mahsulotlar işlab çiqariş (kamida 10 000 EKIH);
• lotereyalar taşkil etiş böyiça faoliyat (kamida 200 mln söm);
• «kiriş va çiqiş turizmi» yönalişi böyiça faoliyat (kamida 400 EKIH).
 
Loyiha özgartirilişi, unga qöşimça kiritilişi yoki rad etilişi mumkin.