Kreml GPS tizimidagi nosozliklarga Rossiyaning aloqadorligi haqida ma'lumotga ega emas. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi.

U barça kerakli ma'lumotlar ekspertlar yoki Rossiya mudofaa vazirligida bölişini qayd etdi.

«Hamma narsada Rossiyani ayblaş tendensiyasi borligini bilasizlar. Odatda, bunday ayblovlar asosga ega bölmaydi», — deb qöşib qöydi Peskov.

Avvalroq finlyandiyalik harbiylar NATOning Trident Juncture maşğulotlari vaqtida mamlakatning qutborti hududida GPS tizimi faoliyatida nosozliklar yuz berganini qayd etişgandi. Finlyandiya boş vaziri Yuxa Sipilya mazkur navigatsiya tizimi nosozliklari ortida Rossiya turgan bölişi mumkinligini bildirgandi.