Poytaxt hokimligining xabar berişiça, çiqindi taşuvçi texnikalar harakatini GPS tizimi orqali real vaqt rejimida kuzatiş uçun Tozapoytaxt.uz axborot tizimi işga tuşirildi.
Tizim faoliyati çiqindilar sohasidagi şikoyat va murojaatlarini qabul qiliş xalqnazorati.uz platformasi orqali markazlaşgan tarzda olib borilmoqda.
Havola orqali kirilsa, poytaxt tumanlari kesimida qança çiqindi taşuvçi texnika mavjudligi, ular yölda yoki garajda ekani körinadi. Qança vaqtda, qaçon qayerga yetgani körinmaydi.
Ma’lumotga köra, 2026 yil 1 yanvardan mahallalar kesimida ham çiqindi taşuvçi texnikaning keliş vaqti hamda yönalişini onlayn kuzatiş mumkin böladi.
Xabarda aytilişiça, kelgusida:
- mahallalarni çiqindi konteynerlari bilan ta’minlaş böyiça ikki yillik dastur e’lon qilinadi;
- kunlik çiqindi hajmi onlayn tarzda oçiq e’lon qilib boriladi;
- fuqarolar tomonidan xizmatlarni baholaş mexanizmi yölga qöyiladi;
- taşkilotlar bilan tuzilgan şartnomalar ijrosi onlayn monitoring orqali nazorat qilinadi.
Ma’lumot uçun, Toşkentda maişiy çiqindilarni olib çiqib ketiş jarayoni raqamlaştirilişi ança avvalroq boşlangandi. Hokimiyat “Toza poytaxt” dasturiy ta’minotini işga tuşirişini avgustda ma’lum qilgan edi.
Tizim dastlab test rejimida Olmazor tumanida işlaşi, 1 sentabrgaça poytaxtning barça tumanlariga bosqiçma-bosqiç joriy etilişi rejalaştirilgandi.
Eslatib ötamiz, kelasi yil 1 yanvardan boşlab qattiq maişiy çiqindilarni töplaş va olib çiqib ketiş xizmatlari uçun haq tölaşning yangi tartibi joriy etiladi. Unga köra, endi sanitar tozalaş sohasida iste’molçilardan faqat körsatilgan xizmatlar uçun tölov hisoblanadi.
Şuningdek, qattiq maişiy çiqindilarni töplaş va olib çiqib ketiş böyiça xizmatlar uçun tölovlardan tuşgan mablağlar bevosita Çiqindilarni boşqariş va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantiriş agentligining maxsus hisobraqamiga yönaltiriladi.












