CNN xabariga köra, hodisa 31 avgust kuni, samolyot Plovdivga qönayotganda sodir bölgan. Vaziyatdan xabardor manbaning sözlariga köra, navigatsiya tizimlari işdan çiqqan va uçuvçilar qoğoz xaritalardan foydalanişga majbur bölgan.
«Aeroport atrofidagi butun hudud GPS signalisiz qoldi. Bir soatlik aylanişdan söng, uçuvçi samolyotni qölda qöndirişga qaror qildi. Bu sözsiz aralaşuv edi», dedi suhbatdoşlardan biri.
The Financial Times gazetasining uç rasmiy şaxsga tayanib yozişiça, hodisa Rossiyaning aralaşuv operatsiyasi sifatida baholanmoqda.
Bolgariya havo harakatini boşqariş xizmati hodisa faktini tasdiqladi.
«2022 yil fevral oyidan boşlab GPS signallarini öçiriş va simulyatsiya qiliş holatlari sezilarli darajada oşdi. Uşbu tösiqlar signallarni töğri qabul qilişni buzadi va aviatsiya hamda yerusti tizimlari uçun jiddiy operatsion muammolarni keltirib çiqaradi», deyiladi xabarda.
Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov FT’ga bergan izohida ayblovlarni rad etib, «ma’lumotlaringiz notöğri», dedi.
Harbiylar va maxsus xizmatlar tomonidan strategik obektlarni himoya qiliş uçun an’anaviy ravişda qöllaniladigan GPS-söndiriş va signallarni almaştiriş fuqarolik infratuzilmasini buziş uçun tobora köproq qöllanilmoqda. Skandinaviya va Boltiqböyi davlatlari rasmiylari Moskvani navigatsiya tizimlarini muntazam ravişda öçirib qöyişda bir neça bor ayblagan. Yevropa hukumatlari bunday hodisalarning köpayişi samolyot halokatlariga olib kelişi mumkinligidan ogohlantirmoqda, çunki ular parvoz paytida samolyotlarni «kör qiladi».
Ursula fon der Lyayyen Varşavadan Plovdivga Bolgariya boş vaziri Rosen Jyelazkov bilan uçraşiş va mudofaa korxonalariga taşrif buyuriş uçun yöl olgan edi. Uşbu taşrif Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi şaroitida mudofaa tayyorgarligini kuçaytiriş maqsadida Yevropa Ittifoqining frontoldi mamlakatlari böylab safarining bir qismi böldi.












