“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida mulk huquqini e'tirof etiş tartibini soddalaştiriş haqida petitsiya paydo böldi.
Qayd etilişiça, Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018 yil 21 iyunda “Köçmas mulkka nisbatan mulk huquqini e'tirof etiş böyiça bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida köçmas mulklarga nisbatan mulk huquqini e'tirof etiş tartibi töğrisida Nizom” tasdiqlangan.
Mazkur nizomda bir martalik aksiya doirasida özboşimçalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini e'tirof etiş hamda köçmas mulkka nisbatan huquqni e'tirof etiş işlarini taşkil etiş böyiça komissiyalarning faoliyatini amalga oşiriş mexanizmi va sxemasi körsatilgan bölib, u jami 17 bosqiçdan iborat. Bu bosqiçlar juda murakkab. Özboşimçalik bilan qurilgan turar joyga nisbatan mulk huquqini oliş uçun fuqaro tuman (şahar)dagi quyidagi rahbarlar va idoralar:
- Yer resurslari va davlat kadastri bölimi boşliği;
- Quriliş bölimi boşliği;
- Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş inspeksiyasi boşliği;
- Davlat boş sanitariya vraçi;
- Içki işlar bölimi;
- Yonğin xavfsizligi inspektori;
- Davlat soliq inspeksiyasidan xulosa va ma'lumotnomalarni olişning zarurligi albatta, fuqarolar oldida mansabdor şaxslarning sansalorligi, mas'uliyatsizligi bilan boğliq ovoragarçiliklarni keltirib çiqaradi.
“Şu sababdan özboşimçalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini e'tirof etiş hamda köçmas mulkka nisbatan huquqni e'tirof etiş işlarini taşkil etiş böyiça komissiyalar faoliyatini amalga oşiriş sxemasi va ijro mexanizmini qayta körib çiqiş, korrupsiyaga imkon beradigan normalarni va byurokratik tösiqlarni bartaraf etiş zarur. Şundan kelib çiqib, mazkur nizomni xalq uçun yanada soddalaştiriş va ijrosini nazoratga oliş, ortiqça ovoragarçiliklarni bartaraf etiş maqsadga muvofiq”, - deb yozadi murojaat muallifi.












