Rossiyalik muxolif siyosatçi Aleksey Navalniy öziga Rossiya Federatsiyasini tark etiş taqiqlangani haqida ma'lum qildi.

13 noyabr kuni tongida u Moskvadagi aeroportga kelgan. U Fransiyaning Strasburg şahriga Inson huquqlari böyiça Yevropa sudi qarorini eşitiş uçun otlangandi.

«Çegaraçilar menga Rossiyadan çiqiş eşiklari yopiqligini aytişdi. Qandaydir xat bor ekan. Bunga izoh berilmadi», deya yozgan siyosatçi tvitterida.

15 noyabr kuni Inson huquqlari böyiça Yevropa sudi Aleksey Navalniyning Rossiya hukumatiga nisbatan da'vosi yuzasidan qaror çiqarişi kutilmoqda. Siyosatçi özining 2012 yildan 2014 yilgaça bölgan muddatda siyosiy tadbirlar çoğida 7 marta noqonuniy qölga olingani yuzasidan şikoyat qilgan. Bundan avvalroq, 2017 yil fevralida sud uşbu holat yuzasidan Navalniyga 63,7 ming yevro miqdorida tovon puli tölanişi lozimligi böyiça hukm çiqargandi, ammo RF Adliya vazirligi uşbu hukm yuzasidan şikoyat qilgan.