Jahon | 15:54 / 13.11.2018
9736
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Chexiya bosh vazirining o‘g‘li Qrimda ushlab turilgan

Foto: David W Cerny/Reuters

Chexiya bosh vaziri Andrey Babishning o‘g‘li xabar berishicha, 2017 yilda Qrimga o‘z irodasiga qarshi olib borilgan, u yerda otasiga qarshi korruptsion jinoyatlarni tergov qilish fonida tergovchilardan yashirinish uchun ushlab turilgan. Bu haqda Seznam Zpravy xabar bermoqda.

Kichik Babishning so‘zlariga ko‘ra, otasi - bosh vazir Agrofert korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi «Laylak uyasi» firmasi uchun YeIdan 2 million yevro miqdorida subsidiyani noqonuniy olgani bilan bog‘liq mojarodan so‘ng uni yashirmoqchi bo‘lgan. Yevrosubsidiyalar olish vaqtida kompaniya korporatsiya tarkibidan chiqarilgan, ammo pul mablag‘lari olinganidan keyin, u yana Agroferta’ga qo‘shilgan. Bosh vazir bu ayblovlarni rad etdi va firma birinchi oilasidan bo‘lgan katta farzandlariga tegishli ekanini ma'lum qildi.

Bosh vazir o‘g‘lining ma'lum qilishicha, o‘zining ushlab turilishida er-xotin Protopopovlar muhim o‘rin tutgan, ular otasining qo‘lida ishlashgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Pyotr Protopopov avvaliga uni Chexiyadan Moskvaga, so‘ng Qrimga jo‘natgan, u yerda Sevastopolda, keyin esa Yaltada yashagan. Ta'kidlanishicha, kichik Babishning jurnalistlarga bergan bayonotidan boshqa Qrimda bo‘lganiga oid hech qanday dalil yo‘q.

Shuningdek, kichik Babishning aytishicha, Ukraina orqali Yevropa davlatlaridan birida bo‘lgan onasining oldiga chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan. Bu Chexiya politsiyasiga o‘g‘irlab ketilgani haqida xabar yuborganidan keyin yuz bergan.

Mavzuga oid