Agentlik maʼlumotiga köra, Rossiya suvosti kemalari Şpitsbergen arxipelagi yaqinida aniqlangan. Ular dengiz tubida joylaşgan muhim aloqa kabellarini şikastlaş uçun möljallangan va qöllanilganidan keyin deyarli iz qoldirmaydigan yangi texnologiyadan foydalanişni maşq qilgan.
Buyuk Britaniya, Norvegiya va AQŞ iştirokidagi qöşma operatsiya davomida Rossiya kemalari kuzatuvga olingan va dengizda töxtatilgan. Natijada ular maşğulotlarni yakunlay olmay, hududni tark etişga majbur bölgan. Reuters manbalariga köra, suvosti kabellariga zarar yetmagan va voqea amaldagi diversiya emas, balki bunday harakatni amalga oşirişga tayyorgarlik körilayotgan maşğulot bölgan.
Agentlikning yozişiça, maxfiy operatsiya Rossiya Mudofaa vazirligining Dengiz tubidagi tadqiqotlar boş boşqarmasi - GUGI kuçlari tomonidan ötkazilgan. Maşğulotlarda murakkab va katta zarar yetkaziş imkoniyatiga ega tizimni joylaştiriş jarayonini taqlid qiliş uçun çuqur suvda harakatlanuvçi maxsus apparatlardan foydalanilgan.
Reuters'ga köra, Buyuk Britaniya va Norvegiya hukumatlari keyinçalik Moskvaga özlarida mavjud maʼlumotlarni taqdim etgan. Bundan maqsad Rossiya tomoniga Ğarb davlatlari yangi texnologiya haqida xabardor ekanini körsatiş va uni amalda qöllaşdan qaytariş bölgan.
Norvegiya mudofaa vaziri Ture Sannvik qöşma operatsiya orqali NATO ittifoqçilari Rossiyaga uning harakatlari yaşirin qolmasligi haqida aniq signal berganini taʼkidlagan. Uning sözlariga köra, muhim infratuzilmaga qarşi har qanday harakat aniqlanadi va oqibatlarga olib keladi.
Buyuk Britaniya va Norvegiya hukumatlari hali 2026-yil aprelida Rossiyaning Arktikadagi maxfiy operatsiyasi aniqlangani haqida maʼlum qilgan edi. Biroq öşa paytda yangi qurol texnologiyasi, operatsiyaning aniq joyi va unda AQŞ iştirok etgani oşkor qilinmagan.
Reuters şuningdek, AQŞ razvedka tahlilçilari Rossiya NATOning kollektiv mudofaa tamoyili - Şimoliy Atlantika şartnomasining 5-moddasi qay darajada işlaşini sinab körişga urinişi mumkinligidan tobora köproq xavotirlanayotganini yozmoqda.
Agentlik manbalari fikriça, ehtimoliy bunday operatsiyada suvosti kabellarini işdan çiqariş muhim örin tutişi mumkin. Dengiz tubidan ötkazilgan bunday kabellar global internet aloqasi, moliyaviy tranzaksiyalar va boşqa strategik kommunikatsiyalar uçun katta ahamiyatga ega.
Şpitsbergen arxipelagini Norvegiyaning materik qismi bilan boğlaydigan ikkita optik tolali suvosti kabeli mavjud. Ularning umumiy uzunligi qariyb 1400 kilometr bölib, ayrim uçastkalarda 2700 metrgaça çuqurlikdan ötadi. Uşbu kabellar orqali, jumladan, dunyodagi yirik yer usti sunʼiy yöldoş stansiyalaridan biri - SvalSat qabul qiladigan katta hajmdagi maʼlumotlar uzatiladi.

















