O‘zbekiston Makronning internet bo‘yicha rejasiga qo‘shildi
12 noyabr, dushanba kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron internetni boshqarish bo‘yicha forumda «Kibermakonda ishonch va xavfsizlikka Parij chaqirig‘i»ni (Paris Call for Trust and Security in Cyberspace) taqdim etdi. U internetni tartibga solishni ta'minlashi lozim bo‘lgan memorandumdir, deb yozadi RBK.
Hujjat 51 mamlakat, bir necha yuzlab tijorat va notijorat tashkilotlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi - jami 370dan ortiq imzo qo‘yildi. Bundan Fransiya tashqi ishlar vazirligi saytida e'lon qilingan hujjat darak bermoqda. Hujjatga qo‘shilgan mamlakatlar orasida O‘zbekiston ham bor.
Makronning ma'lum qilishicha, internetni tartibga solishda ikkita yondashuv bor: Kaliforniya, u to‘liq nazoratsizlikni nazarda tutadi va Xitoy, bunda davlat tarmoqni to‘liq nazorat qiladi. Fransiya prezidenti unisini ham, bunisini ham qo‘llab-quvvatlamaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, davlatlar fuqarolarni o‘z ma'lumotlaridan noto‘g‘ri foydalanish, shuningdek, zararli mahsulotlardan himoya qilishi kerak. Unga ko‘ra, hujjatni imzolaganlar soni ortib boradi.
Memorandumga global AT-gigantlardan - Microsoft, Google, Facebook, IBM, Oracle, Nokia va boshqalar qo‘shildi.
Memorandumga binoan, imzolovchilar foydalanuvchilarni zararli harakatlardan himoya qilish, internet resurslar mavjudligiga zarar yetkazadigan harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik, saylovlarga xorijiy aralashuvlar va intellektual mulkni o‘g‘irlashning oldini olish, shuningdek, tarmoqdagi davlat hamda nodavlat sub'yektlarni kiberhujumlardan himoya qilish majburiyatini oladi.
Mavzuga oid
00:18 / 18.11.2022
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Fransiyaga boradi
13:48 / 04.05.2022
Makron va Putin ikki soat davomida telefonda gaplashdi
07:45 / 11.04.2022
Fransiyadagi saylov natijalari ma’lum: Ikkinchi turga Makron va Le Pen o‘tdi
15:31 / 10.04.2022