JAKO kompaniyasi Özbekiston milliy terma jamoasiga Osiyo Kubogi uçun maxsus dizayndagi liboslar tayyorlaşni boşladi. Bu haqda ÖFA rasmiy sayti xabar qilmoqda.

Ma'lum qilinişiça, Germaniyaning uşbu kompaniyasi liboslaridan ilk marotaba Osiyo Kubogi öyinlarida foydalaniladi. Liboslarda özbek millatiga xos belgilar aks etişi közda tutilgan.

Eslatib ötamiz, 25 oktabr kuni ÖFA va JAKO örtasida 3 yil muddatga hamkorlik şartnomasi imzolangan edi. Unga asosan nemislar JÇ-2020 sikli yakuniga qadar Özbekistonning turli yoşdagi terma jamoalariga epikirovkalarni tekinga yetkazib beradi. Olimpiya terma jamoasi esa oldinroq erişilgan kelişuv böyiça PRES-JOG tomonidan kiyintiriladi.

«JAKO bir yilda 365 komplekt yetkazib berib turadi. Hamasi tekinga. Içida 96 xil narsasi böladi, kurtkalaridan tortib, paypoğigaça. Taqqoslaş uçun, Adidas atigi 20 xil kiyimdan iborat komplekt taklif qilgandi.

Osiyo kubogi uçun ham maxsus forma qilib beriladi. Keyinroq, alohida dizayn işlab çiqilib, hamişa şu dizayndagi liboslar kiyiladi», deya ma'lum qilgan edi ÖFA birinçi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov.

Ma'lumot uçun, Özbekiston terma jamoasi 2011 va 2015 yilgi Osiyo kuboklarida Ispaniyaning JOMA kompaniyasi tomonidan yetkazib berilgan liboslarda töp surgan.