Brexit jarayoni tufayli (Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan ajralib çiqişi) Angliya Premer-Ligasida legioner futbolçilarga çeklov qöyilişi mumkinligi haqidagi xabarlar paydo bölgaç, tabiiyki, jurnalistlar APL jamoalari tarkibidagi çet ellik futbolçilar soniga e'tibor qaratişdi.

Hozirda Premer Ligada yetakçilik qilayotgan «Mançester Siti» bu borada ham yetakçi – Gvardiola ixtiyorida 17 nafar britaniyalik bölmagan futbolçi bor. Şuningdek, «Tottenhem», «Brayton», «Uotford» va «Haddersfild» jamoalari tarkibida ham şunçadan legioner mavjud. 

«Liverpul», «Çelsi» va «Arsenal»da çet ellik futbolçilar soni 16 nafardan, top-6 içida eng kam legioner futbolçiga ega bölgan jamoa esa, «Mançester Yunayted» – 14 nafar. 

Hozirda turnir jadvalida 6-örinda borayotgan «Bornmut» esa, Ligada eng kam çet ellik futbolçini öynatmoqda. Eddi Xau jamoasi tarkibida faqat 5 nafar legioner bor xolos.

Aslida, ança yillardan beri APL mahalliy futbolçilarni qöllab-quvvatlaş maqsadida legionerlarga çeklov qöyiş haqida öylab keladi, ammo Yevropa Ittifoqi qonunlariga köra, uşbu Ittifoq tarkibiga kiruvçi mamlakatlar pasportiga ega bölgan şaxsning mehnat faoliyatiga çeklov qöyilişi mumkin emas. Aksariyat, hatto Lotin Amerika yoki Afrika qit'asidan kelgan futbolçilarda ham biror bir YeI davlatidan ikkinçi pasportlari bor. 
Britaniyaning YeIdan çiqişi futbol amaldorlarini boğlab turgan kişanlardan xalos qilişi mumkin. 

Ma'lumotlarga qaragandi, har bir klub zayavkasida faqat 12 nafar legioner bölişi mumkinligi munozara qilinmoqda. Yoki APLda qatnaşiş uçun futbolçi olişi kerak bölgan litsenziya talablarini yanada qiyinlaştiriş orqali ham legionerlarni kamaytiriş mumkin.