Avstraliyada qulupnaylar içiga igna tiqişda gumon qilingan şaxs qölga olingandan bir neça kun ötib Melburn şahrida içiga igna tiqilgan noklar topila boşlandi. Bu haqda ABC News telekanali xabar berdi.

Avvalroq Kvinslend ştati politsiyasi qulupnay içiga igna tiqişda gumon qilib 50 yoşli ayolni hibsga olgandi. Ştat poytaxti Brisben şahar sudi Mi Ut Trin ismli gumonlanuvçi Berry Licious fermasida nazoratçi bölib işlagani va qasddan harakat qilgani örnatgan.

Nokdagi igna esa ABC News Breakfast dasturi vizajisti Kler Bonser tomonidan 13 noyabrda aniqlangan. Ayolga jarohat yetmagan.  

“Men şunçaki nokni yeyayotganimda keyingi tişlam oldidan unga qaradim va unda ignani kördim”, deb aytgan ayol. 

Bonserning aytişiça, u nokni Melburndagi Woolworths supermarketidan sotib olgan. U bu haqda supermarketga xabar bergan. Dökon vakili bu holat yuzasidan tergov olib borilayotganini ma'lum qilgan. 

Avstraliya politsiyasi mamlakatning kamida yettita kompaniyasi qulupnaylaridan igna topilgani yuzasidan tergov olib borgan. Keyinroq ignalar banan va olmalarda topilgan. Şundan keyin mutasaddi idoralar mevalarni iste'mol qilişdan oldin ularni kesib körişni tavsiya qilgan hamda bu işni qilayotgan jinoyatçilarni topişga yordam uçun 100 ming Avstraliya dollari (70 ming dollar) taklif qilgan.