Özbekiston gözal tabiati, şonli tarixi, noyob obidalari va qadamjolari bilan sayyohlar e'tiborini jalb etib kelgan. Qolaversa, özbek xalqi mehmondöst. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil avgust oyida qabul qilingan oilaviy mehmonxonalarni taşkil etişga oid qarorida ham ayni şu jihatlar e'tiborga olingan.
Qisqa vaqt içida mamlakat böylab bu borada sezilarli işlar amalga oşirildi. Jumladan, Toşkent şahrida bugungi kunda önlab oilaviy mehmon uylari sayyohlarni qabul qilib kelmoqda.
Biz poytaxtning Vosit Vohidov köçasidagi ana şunday oilaviy mehmon uyida bölib, yaratilgan şart-şaroitlar bilan yaqindan tanişdik.
Youtube'da köriş
Mover'da köriş
Tadbirkor Ikramjanovlar oilasi joriy yil yozida mehmonxona oçiş uçun barça zarur işlarni amalga oşirişgan, kerakli hujjatlarni tayyorlaşgan. Şundan söng Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi tomonidan oilaviy mehmon uylari taşkil etiş taklifini olişadi. Oila köp davlatlarda bölganligi, ularning şart-şaroitlaridan xabardorligi uçunmi, turizm rivojiga xizmat qiladigan bu fikrni bajonidil ma'qullaşdi. Şunday qilib, oilaviy mehmonxona emas Oilaviy mehmon uyi oçişga muyassar bölişdi.


«Mehmonxona oçişga qaraganda mehmon uyini oçiş osonroq ekan. Bu işni boşlaşga hujjatlar juda kam talab etilar ekan. Ariza bilan çiqqaningizdan söng, uni uç kun içida körişib, barça talablarga javob bersa, rasmiylaştirib berişar ekan. Işimiz yomon emas, izlanyapmiz, örganyapmiz, mehmonlar kelib turişibdi.

Moddiy foyda köryapmiz. Istaysizmi yöqmi, barçasi baribir mablağga borib taqaladi. Kelganlar bekorga mehmon bölib ketişmaydi. Mehmonxonada pul berib yaşab ketişsa, bu yerda ham şu. Farqi şundaki, bu yerga kelganlar mehmon uyi oila a'zolari bilan muloqot qiladi, turmuş tarzimiz haqida tuşunçaga ega böladi hamda uyda tayyorlangan taomlardan tanovul qiladi.














