Bojxonachilar Toyota Camry’dagi patronni fosh etishdi
Amaldagi tartiblarga ko‘ra, jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga o‘qotar qurollar va o‘q-dorilarni olib kirish mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246-moddasiga binoan kontrabanda, ya'ni bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib, deklaratsiyasiz o‘q-dorilarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o‘tkazish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston bojxona boshqarmasi “Daut-ata” chegara postida bojxona qoidabuzarligi fosh qilindi.
Qo‘shni davlat fuqarosi A.Sh. boshqaruvida bo‘lgan avtotransport vositasi “Del” laqabli xizmat iti yordamida bojxona nazoratidan o‘tkazilganida, bojxona organi xodimining og‘zaki so‘rovida aytilmagan, avtotransport salonida 7.62 kalibrli 1 dona patronni noqonuniy ravishda O‘zbekiston Respublikasiga olib kelayotganligi aniqlandi.
Hozirgi vaqtda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
17:56 / 06.11.2024
Tezkor qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari bojdan ozod qilindi
12:37 / 05.11.2024
Sirdaryoda buvi va nevara qariyb 7 kg tilla taqinchoqni chegaradan yashirincha olib kirishga urindi
15:30 / 23.10.2024
9 oyda bojxonada qancha qurol va o‘q-dori ushlab qolingani aytildi
18:08 / 01.10.2024