Yaponiyaning «Vissel Kobe» klubi yarimhimoyaçisi Andres Inesta «Barselona»ga qaytiş niyati borligini aytdi.
«Yaponiyaga ketmoqçi emasdim, «Barselona» tarkibida yana 10 yil töp tepmoqçi edim. Ammo, hozirgi kunda yuqori saviyada öyin namoyiş qilolmayman. Şu sababli, oğir qarorni qabul qilişga majbur böldim.
Umid qilamanki, yaqin yillarda «Barselona»ga qaytaman. Inesta bölganim uçun emas, balki öz pozitsiyamdagi eng yaxşi futbolçi bölganim uçun», - deb Inesta sözlarini keltirmoqda La Vanguardia.
Eslatib ötamiz, 34 yoşli Inesta «Barselona» tarkibida 2002-2018 yillarda töp tepgan. Joriy mavsumda «Vissel Kobe» tarkibida 13ta öyin ötkazib, 3ta gol urgan va 2ta golga hammualliflik qilgan.












