Oğirligi deyarli 19 qirot keluvçi kamyob puşti brilliant Christie's auksionida 44,5 million şveysar frankiga (44 mln dollar) sotildi. Bu esa bir qirot brilliant uçun tölangan rekord qiymat böldi.

Uşbu narx brilliantning auksion narxi hisoblanib, xaridorning savdoni ötkazgani uçun taşkilotçiga tölaydigan mukofot puli bilan birga uşbu toş örnatilgan uzuk qiymati 50,37 mln dollarni taşkil qilgan. 

Qimmatbaho toşning yangi egasi Harry Winston zargarlik uyi böldi. U toşni “Uinstonning puşti merosi” deb qayta nomlagan.

Öta toza, puşti rangdagi brilliant dastlab “Puşti meros” deb atalgan va uni 30 mlndan 50 mln dollargaça sotiş rejalaştirilgan. Brilliantning boşlanğiç narxi 24 mln şveysar frankini taşkil qilgan. Olmos Janubiy Afrikadagi konlardan birida topilgan. U uzoq yillar davomida De Beers olmos kompaniyasiga egalik qiluvçi Oppengeymerlar oilasiga tegişli bölgan. 

Uşbu brilliant töğri burçakli işlov berilgan eng katta brilliant hisoblanadi. Christie's auksion uyining 250 yillik tarixi davomida oğirligi 10 qirotdan köproq bölgan töq puşti rangdagi brilliantdan bor-yöği 4 dona sotilgan.