Özbekiston prezidenti farmoni bilan Markaziy bank raisi örinbosari Şuhrat Xoldoroviç Atabayev öz lavozimidan ozod etildi.

«Kun.uz» manbasi ma'lumot berişiça, Şuhrat Atabayev «Ipoteka-bank»ning yangi raisi etib tayinlandi.

Şuhrat Atabayev 1978 yilda tuğilgan, 2000 yilda Toşkent Moliya institutini, 2005 yilda Yaponiyaning Siyosiy fanlar Milliy institutini, 2010 yilda esa Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat Qurilişi akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisliklari - moliya va kredit, Davlat siyosati (makroiqtisodiyot), Xalqaro iqtisodiy munosabatlar.

2001 yildan buyon bank tizimida faoliyat körsatib kelayotgan Atabayev 2017 yilning iyulida Markaziy bank raisiga örinbosar bölgandi.

Biroz avvalroq «Ipoteka-bank»da 2013 yildan buyon rais bölgan Omon Muhammadyaminoviç Musayev «Özbekbaliqsanoat» uyuşmasiga rais etib tayinlangandi.