Prezident matbuot xizmatiga köra, ötgan ön yilda 1,2 trillion sömlik davlat aktivlari sotilgan bölsa, 2022 yilning özida bu körsatkiç 11,3 trillion sömga yetgan. Ya’ni, sönggi bir yilda ön yil davomida qilingan işlardan 10 karra köp natijaga erişilgan.

Xususiylaşgan mulklar samaradorligi ham oşgan. Misol uçun, uzoq yillar işlamagan Andijon tajriba sinov zavodi negizida 18 million dollar investitsiya hisobiga töqimaçilik korxonasi taşkil etilib, mingta iş örni yaratilgan, 40 million dollarlik mahsulot eksport qilingan.

Qöqon superfosfat zavodini xorijiy investor olib, 40 million dollar investitsiya kiritgan, işlab çiqariş hajmini 4 baravarga oşirgan.

«Ipoteka bank» 324 million dollarga va «Coca-Cola» kompaniyasidagi davlat uluşi 252 million dollarga sotilgan. 

2022 yil 12 dekabr kuni Toşkentda Özbekiston hukumati va Vengriyaning OTP banki bilan «Ipoteka bank»ni xususiylaştiriş böyiça bitim imzolangan edi. 

OTP Bank Özbekiston Moliya vazirligiga tegişli 100 foiz aksiyalarni (jami aksiyalarning qariyb 97 foizi) ikki bosqiçda: dastlab, 2023 yilning birinçi yarmida 75 foizini, uç yildan söng qolgan 25 foizini  sotib olişi haqida xabar berilgan edi.