AQŞ qurolli kuçlari bir neça yildan söng yanada samarali lazer qurolini qölga kiritadi, deb xabar qilmoqda TASS Qöşma Ştatlar mudofaa vaziri örinbosari Maykl Griffinning bayonotiga asosan.

Uning sözlariga köra, Qöşma Ştatlar raketa hujumidan mudofaa uçun möljallangan, «kosmik makonni nazorat qiliş quroli» bölişi kutilayotgan bunday lazerlarni yaratiş sohasida işlanmalar olib boryapti.

Griffinning aniqlik kiritişiça, AQŞda bunday tizimlarning yaratilişi hozirgi vaqtda ajratilayotganidan köra 3-4 barobar köproq mablağ talab qiladi.

Bundan taşqari, AQŞ qurolli kuçlari ehtimoliy duşmanning elektron qurilmalarini işdan çiqarişga imkon beruvçi harbiy texnika yaratiş uçun kuçli mikrotölqinli nurlanişdan foydalanişga harakat qilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Hindiston geosiyosiy va iqtisodiy manfaatlari tufayli Rossiyadan S-400’ni sotib olgani xabar berilgandi.