Samarqand viloyati bojxona boşqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunçiligi buzilişiga qarşi kuraşiş bölimi xodimlari hamda huquqni muhofaza qiluvçi boşqa idora mas'ul xodimlari bilan hamkorlikda giyohvandlikka qarşi kuraşni kuçaytiriş maqsadida Urgut tumanida tezkor tadbir ötkazildi, deb xabar berdi Davlat bojxona qömitasi matbuot xizmati.

Ötkazilgan tadbir davomida Özbekiston fuqarolari — aka-uka A.J. va X.J.lar xaridorga sotiş maqsadida sellofan paketga öralgan taxminan 200 gramm «marixuana» giyohvandlik moddasini elektron tarozida ölçab, 4 mln sömga kelişgan vaqtida tadbir iştirokçilari tomonidan uşlandi.

Şundan söng aka-ukalar bergan körsatmalarga aniqlik kiritiş maqsadida ularning yaşaş xonadonlari xolislar iştirokida közdan keçirilganda, yana taxminan 75,78 gramm quruq holdagi, «marixuana» giyohvandlik vositasiga öxşaş modda borligi aniqlanib, tegişli tartibda rasmiylaştirildi.

Samarqand viloyat IIB EKBning ekspert ma'lumotnomasiga köra, daliliy aşyo sifatida olingan moddaning sof oğirligi 273,68 grammni taşkil etib, u quritilgan holdagi «marixuana» giyohvandlik moddasi ekanligi ma'lum böldi.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati bojxona boşqarmasi tomonidan jinoyat işi qözğatilib, tergov organiga yuborildi.