Özbekiston Ukraina dorilarining importini bloklab qöydi, deb xabar bermoqda «Apteka» Ukraina tibbiyot va mikrobiologiya sanoati iş beruvçilar taşkilotlari birlaşmasiga (TMSITB) asoslanib.
Birlaşmadan xabar qilişlariça, sönggi bir neça hafta davomida farmatsevtika mahsulotlari bojxonada turibdi, biroq Özbekiston bojxona xizmati nima uçun u bojxona rasmiylaştiruvidan ötkazilmayotgani haqida tuşuntiriş berayotgani yöq.
Şu munosabat bilan TMSITB uşbu vaziyatga aralaşişi va masalaga yeçim topiş maqsadida amaliy yiğiliş ötkazişi uçun mamlakat boş vaziri birinçi örinbosari - Ukraina iqtisodiy rivojlaniş va savdo vaziri Stepan Kubivga murojaat qildi.
Birlaşmadan taxmin qilişlariça, bojxona rasmiylaştiruvi jarayoni töxtatilişi Özbekiston hukumatining Ukrainada Özbekistondan yengil avtomobillar importiga nisbatan suriştiruv boşlanganiga javobidir.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina Özbekistondan yengil avtomobillar importiga nisbatan tekşiruv boşlagani xabar qilingandi.











