Çeçeniston rahbari Ramzon Qodirovning Instagram ijtimoiy tarmoğidagi akkaunti blokdan oçilganidan söng bir kun ötib yana işlamay qoldi.

«Afsuski, bu sahifaga kirib bölmaydi. Ehtimol, siz notöğri havoladan foydalangansiz yoki sahifa öçirib taşlangan», - deyiladi xabarda.

14 noyabrda Instagram ijtimoiy tarmoği ma'muriyati Çeçeniston rahbari Ramzon Qodirovning akkauntini (@kadyrov_95) blokdan çiqargandi. Qodirovning aytişiça, uning akkauntiga kiriş 11 oylik taqiqlovdan keyin qaytarilgan.

Çeçeniston rahbarining ta'kidlaşiça, har qanday ijtimoiy tarmoq ma'muriyati «aloqalar va erkin muloqotning rivojlanişiga kömak berişi kerak». 

2017 yilda Çeçeniston rahbarining instagram va feysbukdagi akkauntlari bloklab qöyilgandi.

Instargam ijtimoiy tarmoğining ma'lum qilişiça, Çeçeniston rahbari Ramzon Qodirovning sahifasi xato tufayli blokdan çiqarilgan va servis tomonidan yana bloklab qöyilgan. Ijtimoiy tarmoqning rasmiy vakili bu haqda çorşanba kuni BuzzFeed naşriga xabar berdi.

«Uşbu sahifasi xato tufayli tiklandi va endi öçirildi», - dedi u.