Muvaffaqiyatsizlik bari yakunlanganini anglatmaydi. Ular bizga ösiş, rivojlaniş, yangi marralarga erişiş va özimiz hamda hayotni yaxşiroq tuşunişda yordam beradi.

Foto: Unsplash

Muvaffaqiyatsizligingiz sabablarini sanab öting

Muvaffaqiyatga erişişni istaganimizda muayyan reja, orzuimizdagi narsa köz öngimizda gavdalanadi. Xatoga yöl qöyganingizda ularni yodga oling. Mağlubiyatga sabab bölgan jihatlarni tahlil qiling.

Öylab köring, heç nimaga qaramay, orzuingizga erişişni istaysizmi? Agar javobingiz “ha” bölsa, çekinmang. Agar maqsadingiz sari intiliş uçun iştiyoqingiz bölmasa, mağlubiyat ustun kelişiga yöl qöymang.

Öz xatolaringizni tan oling

Xatolarni tan oliş va ular uçun javob beriş – mas'uliyatli kişilarga xos jihat. Muvaffaqiyatsizlikka erişganingizni yaşirişning heç qanday sababi yöq. Bunda har doim ham vaziyat yoki boşqa kişilar aybdor bölişmaydi. Şaxsiy tanlov uçun özingizni oqlaşingiz şart emas. Kelajakda bunday xatolarga yöl qöymasligingizni tan oling.

Ötmişdagi xatolar kelajakdagi muvaffaqiyatni ta'minlaydi.

Foto: Unsplash

Öz xatolaringizdan saboq çiqaring

Muvaffaqiyatsizlik sabablariga köz yummang. Özgalar hamda şaxsiy xatolardan saboq oliş mumkin. Ularni bartaraf etiş yöllarini yozing. Bu röyxatni özingizni ayblaş uçun sabab sifatida qabul qilmang. Bu tajriba sizga kelajakda asqotadi.

Taslim bölmang

Maqsad sari yölda yiqilib tuşsangiz ham örningizdan turing, ust-boşingizni qoqib, olğa harakat qiling. Bu harakatlarni manzilga yetib kelmagunga qadar takrorlang. Har kuni oz-ozdan harakatlaniş yarim yilda bir marta işga kirişişga qaraganda afzal.

Foto: Unsplash

Özingizga bölgan işonçni yöqotmang

Muvaffaqiyatsizlik öz kuçingizga ikkilaniş hissini uyğotişi mumkin. Biroq öz-öziga işoniş hissi har qanday qiyinçilikni yengişda yordam beradigan qimmatga ega jihat.

Yaqinlar yordamidan foydalaning. Aynan şunday vaziyatda bölganlarni toping. Ulardan sizni öz maslahatlari bilan yönaltirişlarini sörang.

Öz-özingizga ğalaba uçun kuç va irodangiz yetarli ekanini eslating.

Axir muvaffaqiyatsizlikni boşdan keçira olgan bölsangiz, maqsadga erişiş yölidagi qolgan murakkabliklarni yengib ötiş qölingizdan kelişi aniq.