2018 yil 14 noyabr soat taxminan 03:35larda Sirdaryo viloyati FVBga IIBning Tezkor navbatçisi tomonidan A-373 «Toşkent-Samarqand» yönalişining 13-km.da yuk avtomaşinasi yöldan çiqib avtohalokatga uçraganligi yuzasidan ma'lumot kelib tuşdi, deb xabar bermoqda FVV axborot xizmati.

Qayd etilişiça, mazkur holat böyiça Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi Qutqaruv otryadi navbatçi qutqaruvçilar zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan.
Şundan söng, qutqaruvçilar yöl transport hodisasi oqibatida avtotransport kabinasida qisilib qolgan fuqaroni maxsus texnikalar yordamida kabinadan olib çiqişdi.

Jabrlangan fuqaro hamda yölovçi zudlik bilan Oqoltin tumani tibbiyot birlaşmasi jonlantiriş bölimiga yetkazildi va bu orqali fuqaro hayoti saqlab qolindi, deyiladi xabarda.











