Çilonzor tumani adliya bölimi 2018 yil 5 sentabr kuni Çilonzor tuman Içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi bilan hamkorlikda Çilonzor tumani, 16-mavzeda joylaşgan dökonlardagi yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan suhbat uyuştirildi.
Çilonzor tuman adliya bölimi xabariga köra, suhbat çoğida tadbirkorlar dökonlarining old qismi va fuqarolar qatnovi yölagida yoşlari taxminan 25-35 yoşdagi şubhali ayol va erkaklar tomonidan “Tramadol” va “Lirika” psixotrop giyohvand dori vositalari sotilayotgani, ular asosan kunning keçki ikkinçi yarmi, ya'ni, 18-22larda özlarining noqonuniy “savdo”sini boşlaşlarini ma'lum qilişdi.
Ularning bu harakatlaridan yöldan ötib ketayotgan fuqarolar, yoşlar, savdo xodimlari va xaridorlarning osoyiştaligi buzilayotganligini, şuningdek, bu holat farzandlar tarbiyasiga salbiy ta'sir körsatayotganligini, şu sababli uşbu psixotrop moddani sotayotganlarga hamda iste'mol qilib kelayotgan fuqarolarga nisbatan qonuniy çora körişlik, şuningdek, mazkur hududga içki işlar xodimlarini biriktirib berişni söraşdi.
Qonunçilikka köra, “Tramadol” va “Lannaxer” dori vositalari psixotrop modda hisoblanadi. Tadbirkorlar bilan suhbat çoğidagi dalillar örganilib, tezkor tadbirlar ötkazildi. Haqiqatan ham mazkur hududda psixotrop dori vositalari oldi-sotdisi bilan şuğullanayotgan şaxslar uşlandi. Aniqlangan holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 273- va 276-moddalari bilan 23ta jinoyat işi oçilib, 28 nafar fuqaroga nisbatan jazo muqarrarligi ta'minlandi.
«Tramadol» va «Lirika» savdosi. Vaziyat keskinlaşmoqda











