Fransiya transport vaziri Elizabet Bornning xabar berişiça, mamlakat rahbariyati öz bojxona, şuningdek, sanitar xizmatlarini Buyuk Britaniyaning Yevropa ittifoqi tarkibidan çiqişi böyiça «qattiq ssenariy» şaroitida işlaşga tayyorlamoqda. Bu haqda TASS mahalliy ommaviy axborot vositalariga tayangan holda xabar berdi.
«Biz tayyorlanmoqdamiz. Bugungi kunda angliyalik va yevropalik muzokaraçilar qandaydir kelişuvni topişdi, biroq biz körmoqdamizki: u ma'qullanişi va Buyuk Britaniyada bu kelişuvni qabul qiliş zarur böladigan köpçilik yuzaga kelişiga oid heç qanday işonç yöq», - dedi Born.
Uning qayd etişiça, Fransiya La-Manş qirğoqlarida Buyuk Britaniya bilan çegara ötiş joylarida bojxona va sanitariya nazorat punktlarini tezkorlik bilan joylaştirişga tayyor.
Eslatib ötamiz, avvalroq Brexit haqidagi xabarlar fonida funt sterling qulagandi.












