Google Earth va şunga öxşaş dasturlarga joylaştiriş uçun Toşkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Şahrisabz va boşqa şaharlardagi diqqatga sazovor joylarning 3D modeli işlab çiqilişi kutilmoqda. 2025 yilgaça bölgan davrda Turizmni rivojlantiriş konsepsiyasi loyihasida şunga oid ma'lumotlar taqdim etildi.
Şuningdek, loyihaga köra, Özbekistonning turli şaharlarida maxsus bunyod etilayotgan amfiteatrlarda sayyohlarga namoyiş qiliş uçun 3D mepping formatidagi videofilmlar ham yaratiladi.
Bundan taşqari, «Uzbek-cuisine.com» yagona reyestriga xorijiy mamlakatlarda joylaşgan özbek milliy taomlari tayyorlanuvçi restoranlar röyxati kiritiladi. Çet mamlakatlardan Özbekistonga oid sörovlarni kiritib, yaqin oradagi özbek milliy taomlari restoranlari geolokatsiyasidan foydalaniş mumkin böladi.
Kontseptsiya loyihasiga köra, respublika ta'lim muassasalarida YuNVTOning TedQual (Tourism Education Quality - Turistik ta'lim sifati) tizimi böyiça turistik ta'limni sertifikatlaş xalqaro tizimi joriy qilinadi.












